Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Ахборот хизмати / Соҳага оид хабарлар » «Shovot» kanali ustidagi ko‘prik yangidan bunyod etilib, foydalanishga topshirildi!

«Shovot» kanali ustidagi ko‘prik yangidan bunyod etilib, foydalanishga topshirildi!

26-03-2026, 15:41
10
Xorazm viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasiz tashabbusi bilan mazkur loyiha doirasida D 216 "Urganch sh. - Shovot sh. - Turkmaniston Respublikasi chegarasi" avtomobil yo‘lining muhim qismida joylashgan ko‘prik to‘liq qayta qurildi va zamonaviy talablarga mos holga keltirildi. Qurilish ishlari davomida inshootning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi uchun barcha zarur texnologiyalar qo‘llanildi.

✔️ Ko‘prikda yangi tayanch konstruksiyalar barpo etilib, yo‘l qismi kengaytirildi hamda piyodalar uchun alohida xavfsiz yo‘laklar tashkil etildi. Shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida himoya to‘siqlari o‘rnatildi va ustki qismi sifatli qoplama bilan yakunlandi.

🗣Natijada hudud transport qatnovi ancha yengillashib, aholi uchun qulay va ishonchli yo‘l infratuzilmasi yaratildi. Barcha ishlar belgilangan muddatda va yuqori darajada bajarildi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.