Shovotda yana bir yo‘l zamonaviy ko‘rinishga keltirildi



Shovot tumani hududida "TYFDM" tomonidan 90V011 avtomobil yo‘lining 8-9-km oralig‘ida olib borilgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.⚙️ Mazkur loyiha doirasida yo‘lning eskirgan qoplamasi to‘liq yangilanib, zamonaviy asfalt-beton qatlami yotqizildi. Shuningdek, yo‘lning asosiy konstruksiyasi mustahkamlanib, suv chiqarish tizimlari tartibga keltirildi. Bu esa yo‘lning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. Ta’mirlash ishlari jarayonida yo‘l belgilari yangilandi, harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rildi. Natijada ushbu yo‘l uchastkasida transport vositalarining harakati ancha ravonlashdi, yo‘l-transport hodisalari xavfi kamaydi.
⌛ Ushbu yangilanish Xorazm viloyati hududidagi ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay logistika sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Shovot tumanida D216 yo‘lining 32 km qismi ta’mirlandi17-03-2026, 16:02
D216 avtomobil yo‘lining 32–36 km oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda24-03-2026, 12:25
«Shovot» kanali ustidagi ko‘prik yangidan bunyod etilib, foydalanishga topshirildi!26-03-2026, 15:41
“Yashil makon” — kelajak uchun muhim qadam16-03-2026, 13:45
RASMIY MUNOSABAT17-03-2026, 15:38











